Jahon | 21:04 / 13.10.2016
14693
1 daqiqa o‘qiladi

Qirolicha Yelizaveta II eng uzoq hukmronlik qilayotgan monarxga aylandi

Foto: © AP

1952 yil 6 fevraldan beri taxtni egallab kelayotgan Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II Tailand qiroli Pumipon Adulyadeta vafotidan keyin dunyoda eng uzoq hukmronlik qilayotgan monarxga aylandi.

Bangkokda 13 oktabrda vafot etgan Tailand qiroli 70 yil 126 kun taxtni egallagan. Biroq 90 yoshli Yelizaveta II’ga bu rekord natijani yangilash uchun yana 6 yil taxtda o‘tirishiga to‘g‘ri keladi.

2015 yil 9 sentabrda Yelizaveta II taxtni eng uzoq egallash bo‘yicha barcha britan hukmdorlari orasida qirolicha Viktoriyaning rekordini ortda qoldirdi. Bu rekord 23 226 kun, 16 soat va 23 daqiqani tashkil qilgandi. Shu yilning 21 aprelida Yelizaveta II 90 yoshligini nishonladi.

 

Mavzuga oid