Jamiyat | 08:24 / 13.10.2016
8083
2 daqiqa o‘qiladi

Oy yuzasida 222ta yangi krater paydo bo‘lgan

Foto: NASA

Oy yuzasida osmon jismlarining urilishidan hosil bo‘ladigan kraterlar, avval o‘ylanganidan yuz marta tezroq yangilanadi. Olimlar Oyga yuborilgan LRO missiyasi ma'lumotlariga tayangan holda Nature jurnalida shu haqda yozmoqda.

Arizona va Kornel Universitetlari olimlari Oy yuzasining 7 yil mobaynida olingan suratlarini o‘rganishi natijasida shunday xulosaga kelishgan. 

«LRO uchirilguncha, Oy yuzasida sezilarli o‘zgarishlar yuz berishi uchun 100 mlnlab yoki undan ham ko‘proq vaqt talab etiladi, deb o‘ylardik. Biroq, uning yuza qatlami 80 ming yilda to‘liq yangicha ko‘rinishga ega bo‘ladi», — deb izohlagan kashfiyot muallifi Emerson Speyyer.

Olimlar kompyuter dasturi yordamida 14 ming suratni o‘rganib chiqishgan hamda ularda 222ta yangi kraterni aniqlashgan. Ular orasida Yer sirtida ham ko‘rish mumkin bo‘lgan portlashlar izlari ham bor. 


 

Mavzuga oid