Toshkent AYoQShlarida benzin taqchilligi kuzatilmoqda
Facebook ijtimoiy tarmog‘ining “Voditeli Tashkenta” guruhi a'zolari Toshkent shahrida avtomobillarga yoqilg‘i topish muammosini muhokama etmoqda. Jumladan, foydalanuvchilardan biri 13 oktabr kuni shaharning Yunusobod tumani yoqilg‘i quyish shaxobchalaridan benzin topa olmaganidan noligan, deb yozmoqda carzone.uz sayti.
Guruhda ma'lum qilinishicha, Toshkent shahrining Shayhontohur tumanidagi “Samarqand Darvoza” savdo ko‘ngilochar majmuasi qarshisidagi AYoQSh yonida mahalliy aholi vakillari benzinni idishlarda qimmatroq narxda sotishni yo‘lga qo‘ygan.
Ma'lumki, “O‘zneftmahsulot” AJ kompaniyasi benzin barcha AYoQShlarga yetarli miqdorda yetkazib berilayotgani, biroq xaridorlarning o‘zi ehtiyojlaridan ortiq yoqilg‘i sotib olayotganini ta'kidlab keladi. Ammo, aksariyat yoqilg‘i quyish shaxobchalari kechki 18-00dan keyin, benzin qolmagani sababli mijozlarga xizmat qilishni to‘xtatadi.
Mavzuga oid
14:04 / 22.09.2024
Toshkentda katta tezlikda harakatlangan haydovchi 19 yoshli qizning hayotiga zomin bo‘ldi
07:30 / 21.09.2024
Toshkentda mashinasini sotishni aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
14:28 / 20.09.2024
Sergelida BYD urib yuborgan o‘quvchi qiz vafot etdi
12:20 / 20.09.2024