AQShda 1989 yilgi jinoyat fosh etildi
AQShning Missuri shtatida 28 yildan keyin jasadi topilgan qizning qotilligi bo‘yicha ayblov e'lon qilindi. Bu haqda, Associated Press agentligi xabar qilmoqda.
Karolin Xekkert 1989 yil dekabrida Sara Deleonni o‘ldirganlikda gumon qilinmoqda. Xabarlarga ko‘ra, politsiya 2014 yil iyul oyida ushbu ishni qayta ko‘rib chiqishga qaror qilgan. Bunga politsiya idorasining DNK namunasini olish bo‘yicha yangi texnologiyaga ega bo‘lgani imkon bergan.
Qayd etilishicha, o‘ldirilgan qizning onasi nihoyat ushbu ish bo‘yicha ayblov e'lon qilinganidan xursandligini yashirmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, qizi Saraning dushmanlari bo‘lmagan, qotillik esa «shaxsiy sabablar tufayli o‘ta vahshiylik bilan sodir etilgan».
Mavzuga oid
19:24
AQShda ikki kishida miyani yeb qo‘yadigan chuvalchanglar aniqlandi
09:50
RF AQSh saylovlariga ta’sir qilish uchun ko‘plab SI-kontentni ishlab chiqqani aytildi
23:07 / 23.09.2024
AQSh Yaqin Sharqqa qo‘shimcha harbiy kuchlarni yuboradi
20:21 / 23.09.2024