Fan-texnika | 10:14 / 21.10.2016
7711
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda iPhone 7 telefonlariga bo‘lgan talabga oid raqamlar e'lon qilindi

Foto: Getty Images

Xitoy bozorida iPhone 7 smartfonlarini sotish sur'ati iPhone 6s telefonlari chiqarilgan vaqtdagi ko‘rsatkichdan quyi raqamni ifodalamoqda. Bu haqda CNBC telekanali UBS tadqiqotlariga asoslangan holda xabar qilmoqda.

«iPhone 7 telefoniga qiziqish sust. Distribyutorlar orasida o‘tkazilgan tadqiqot natijasi iPhone 7 savdosi iPhone 6s chiqqan vaqtdagi savdo hajmiga qaraganda pastligini ko‘rsatdi», — degan UBS tahlilchisi Stiven Minulovich.

U shuningdek, Apple Xitoy bozorida mahalliy ishlab chiqaruvchilarga o‘rnini bo‘shatib berayotganini ta'kidlagan. Minulovichning so‘zlariga ko‘ra, Apple brendi hamon kuchli, ammo App Store ilovalar manbasiga ulanish murakkab va sekindir. 

Avvalroq, Xitoyda iPhone 7 portlashi bilan bog‘liq ilk hodisa qayd etilgan edi.

Mavzuga oid