Jahon | 14:58 / 27.10.2016
13023
2 daqiqa o‘qiladi

100 ming yilda bir marta iqlim sovushi sabablariga izoh berildi

Foto: mogaznews

Britaniyadagi Kardiff universiteti geofiziklari “100 ming yil muammolari”ning taxminiy yechimini taklif qilishdi. U Yerda har yuz ming yilda muzlik davrining yuzaga kelishi sabablariga izoh beradi. Bu haqida Daily Mail qisqacha ma'lum qildi

Yuz ming yilda kuzatiladigan global sovushni olimlar Dunyo okeanining atmosferadan karbonat angidridni tortib olishi bilan bog‘lashdi. Bugungi kunda, jumladan antropogen omillar tufayli teskari jarayon kuzatilmoqda – karbonat angidrid suvdan ajralib, issiqxona effektiga sabab bo‘lmoqda. 

Mutaxassislar okeanning tub qatlamlarini o‘rganib, ana shunday xulosaga kelishdi. Ma'lum bo‘lishicha, u yerda saqlanib qolgan (har yuz yilda yuzaga keluvchi) mavjudot va jinslarda taxminan bir xil yuqori karbonat angidrid kontentlari saqlanib qolgan. 

Karbonat angidridning suvdagi muvozanatini saqlashda olimlar suv o‘tlarining roli katta ekanini ta'kidlashdi, okean sathidagi muzni esa qopqoqqa qiyoslashdi. Mutaxassislarning fikricha, bugungi kunda Yer muzlik davrining o‘rtasidadir. Mualliflarning tasdiqlashicha, so‘nggi muzlik davri taxminan 11 ming yil avval yakuniga yetgan. 

Mavzuga oid