Jahon | 18:31 / 04.11.2016
10244
2 daqiqa o‘qiladi

BMT: Jangarilar shahar atrofidagi odamlarni zo‘rlik bilan Mo‘sul ichkarisiga ko‘chirmoqda

Foto: AFP

IShID jangarilari Iroqning qamal ostida qolgan Mo‘sul shahriga atrofdagi hududlarda yashagan tinch aholi vakillarini majburlab olib kirmoqda. Bundan maqsad ulardan koalitsiya hujumi vaqtida tirik qalqon sifatida foydalanish hisoblanadi. Bu haqda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Ravin Shamdasani ma'lum qilgan.

Uning aytishicha, jangarilar Hamam al-Alilya shaharchasi aholisidan 400 nafar ayol hamda harbiy bo‘limlarga safarbar etish uchun bolalarni talab qilishgan.

"Bizdagi ma'lumotga ko‘ra, Tal Afar shahrida kurdlar, yezidlar hamda shialardan iborat bo‘lgan 400 nafar ayol ushlab turilibdi. 17 oktabr kunidan boshlab, IShID 9-10 yoshli bolalarni Mo‘sulga askarlikka olib ketmoqda", — degan u.

Shuningdek, Mo‘sul atrofidagi qishloqlardan 1600 nafar kishi Tal Afarga yuk mashinalarda zo‘rlik bilan tashib keltirilgan.

"Ularni Suriyaga olib ketishlari ham mumkin. Jangarilar bu kishilarni koalitsiyaning havo hujumlaridan saqlanish uchun jonli qalqon sifatida foydalanishni mo‘ljallagan", deydi u.

Uning aytishicha, bundan oldin Hamam al-Alil shahridan 150 oila Mo‘sulga majburlab ko‘chirilgandi.

Mavzuga oid