WP: AQSh razvedkasi «noma'lum» Trampdan xavotirlanmoqda
AQSh razvedka xizmatlari xodimlari mamlakatning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp maxfiy ma'lumotlardan maqsadsiz foydalanishi ehtimolidan xavotirlanmoqda. Bu haqda, The Washington Post nashri yozmoqda.
Ta'kidlanishicha, 10 noyabr kuni Tramp birinchi brifingini o‘tkazadi, shundan so‘ng, razvedka xizmati xodimlari bilan bir necha bor muloqot qiladi. Donald Tramp bu uchrashuvlarda ayni vaqtda Barak Obamaga ma'lum bo‘lgan barcha maxfiy ma'lumotlar: MRBning yashirin amaliyotlari, KXDR yadro inshootlarining suratlari kabilar bilan tanishtiriladi.
Prezidentlik saylovlarida Tramp g‘alaba qozonganidan so‘ng, razvedka xodimlari «qo‘rquv hissini sezishgan», - deb yozadi nashr.
AQSh milliy xavfsizlik agentligi yuqori lavozimli mulozimining so‘zlariga ko‘ra, u respublikachining noma'lumligi qarshisida «qo‘rquvni his qiladi».
«Biz uning bu chiqishlaridan tashqarida aslida qanaqa inson ekanini bilmaymiz», — deb ta'kidlagan mulozim.
O‘z ismini oshkor qilmagan boshqa bir mulozimga ko‘ra, «uning tanasi go‘yoki ikkiga bo‘lingan, biri qo‘rqadi, ikkinchisi chuqur xo‘rsinib, ishga boradi».
MRB sobiq direktori Maykl Xaydenning ishonch bildirishicha, razvedka Trampni professionalizm bilan birga biroz xavotir ila qarshi oladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShda uzoq vaqtdan beri razvedka ma'lumotlari va josuslik boshqarmalari faoliyatiga tanqidiy baho beradigan kishi prezidentlikka saylanmagan edi.
Mavzuga oid
21:21 / 14.11.2024
AQSh dollarining mustahkamlanishi global muammoga aylanadi - The Economist
16:56 / 14.11.2024
AQSh saylovlarida respublikachilar Kongressda ham ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi
15:46 / 14.11.2024
“Abadiy ximikatlar” yoshlarda buyrak shikastlanishiga olib kelishi mumkin - tadqiqot
15:42 / 14.11.2024