Fan-texnika | 22:37 / 26.11.2016
5874
4 daqiqa o‘qiladi

Indoneziya startapi Uber'ni ortda qoldirmoqda

Foto: Gojekku.blogspot.com

In­do­ne­ziyaning yosh star­ta­plari ajoyib ko‘rsatkichni qayd etdi: mahalliy GoJek star­tapi raqibi bo‘lmish Uber'ning bozordagi ulushini egallab olishga muvaffaq bo‘ldi. 

GoJek ko‘p jihatlari bilan Uber'ga o‘xshashib ketadi. Biroq GoJek av­to­mo­bi­llarga emas, mo­to­rol­le­rlarga e'tibor qaratadi. Bu esa startapga bir necha muhim afzalliklarni beradi.

Birinchidan, rivojlanayotgan davlatlarda odamlar mashinalarga nisbatan ko‘proq sku­terlardan foydalana olishga qurbi yetadi. Bu esa kom­pa­niyaga yetarlicha haydovchilar sonini ta'minlab beradi. Sku­te­rlar egalarini e'tiborini tortish maqsadida GoJek Indoneziyada ancha kechroq paydo bo‘lgan Uber'ga nisbatan ichki bozorda zarur masshtabni tezroq yetkazib beradi. 

Startap tilida mas­shta­blashtirish deb kompaniyaning operatsion xarajatlarni ko‘paytirmasdan daromadlarni oshirish qobiliyatiga aytladi. Ikkinchidan, Ja­kar­ta kabi aholi zich joylashgan shaharlarda sku­terlar mobillik sifatida juda qulay va muqobil tanlov bo‘lmoqda. 

Nihoyat, GoJek o‘z dasturini ko‘plab aloqador xizmatlarga joylamoqda. Dasturning hozirgi versiyasida sku­te­r yoki av­to­mo­bi­lda narsalar tashishga buyurtma berish, ko‘chish uchun yuk mashinalarini chaqirish, kinoga chipta bron qilish, mahalliy bozordan mahsulotlar olish va hattoki, uyga massajchi yoki kos­me­to­lo­gni chaqirish mumkin. 

O‘zining an'anaviy bozorida Uber mahsulotlar yetkazib berish kabi xizmatlarini endi kengaytira boshlamoqda. Kom­pa­niya bu borada o‘z raqiblaridan sezilarli darajada ortda qolmoqda. 

Mahalliy bozorni bilishi va aloqalar GoJek'ga Uber'dan o‘zib ketishiga yordam berdi. 

O‘z mijozlari istagini to‘g‘ri tushunish orqali star­tap o‘z dasturida aynan mahalliy iste'molchilar va to‘g‘ri keladigan funk­tsiyalarni birlashtira oldi.

Foto: Gojekku.blogspot.com

So‘nggi raund doirasida 550 mln dol­la­r hisobida moliyani qo‘lga kiritgach, GoJek endilikda 4 mlrd.ga baholanmoqda. Quyidagi mablag‘lar yordamida GoJek barcha hudud bo‘ylab mo­bil­ per­so­nal xizmatlar bozorida to‘liq yetakchi o‘rinni egallashi mumkin — bu bozorni esa mobil aloqaga yuqori darajada bog‘langan 650 mlndan ortiq inson tashkil etadi. GoJek — Kremniy vodiysidagi katta va yaxshi moliya kiritilgan raqobatchilaridan o‘zib ketishi mumkin bo‘lgan va bozordagi kattagina ulushni olib qo‘yadigan yagona indoneziyalik startap emas.

Boshqa mahalliy texnologik startaplar

Yana bir muhim jang to‘lov tizimlari maydonida bo‘lib o‘tadi. Apple va Google shiddatlik bilan bozorlarga Apple Pay va Android Pay elektron to‘lov tizimlarini chiqarishmoqda. In­do­ne­ziya kabi bozorlar bunday kompaniyalar uchun katta muammo tug‘diradi, chunki ularning xizmatlari mamlakatdagi mavjud bo‘lgan ban­k va to‘lov in­fra­struk­tu­rasiga tayanadi. 

Mavzuga oid