Germaniya prezidenti yevrointegratsiyani to‘xtatishga chaqirmoqda
Germaniya prezidenti Yoaxim Gauk Yevropa Ittifoqi yevrointegratsiya borasida tanaffus qilishi lozim deb hisoblamoqda. Uning fikricha, katta sur'atlarda kengaygan tashkilot endilikda yangi qoidalar asosida rivojlanish haqida qayg‘urishi kerak. Siyosatchi Die Welt nashriga bergan intervyusida shunday bayonot bergan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, YeI rahbariyati juda tez kengaygani bois, bu jarayonni mamlakatlarning barcha fuqarolari ham birdek ijobiy qabul qila olmagan.
«Biz tanaffus qilishimiz va oldinda qanday maqsadlarni qo‘yamiz hamda qay yo‘sinda rivojlanamiz, shu haqda o‘ylab olishimiz kerak», — deb takidlagan Gauk.
GFR prezidenti fikricha, YeIning hozirgi asosiy vazifasi ittifoqni mustahkamlashdan iborat. Shu bilan birga, YeI rahbariyati o‘z aholisini yagona Yevropa ozodlik qadriyatlari, demokratiyasi, tinchligi va huquqning ustunligini yaxshiroq ta'minlay olishiga ishontirishi kerak.
Mavzuga oid
09:10 / 05.10.2024
YeI sudi toliblarning ayollarga munosabatini ta’qib etish sifatida baholadi
13:20 / 04.10.2024
YeI va Britaniya hamkorlik to‘g‘risida kelishib oldi
13:10 / 03.10.2024
YeI sudi RF hukumati va firmalariga yuridik yordam ko‘rsatish taqiqlanganini tasdiqladi
12:20 / 27.09.2024