Guterrish: BMT odamlar ehtiyojlariga diqqat qaratishi kerak
BMT odamlar muammolariga ko‘proq e'tibor qaratishi "byurokratik mantiq"qa kamroq amal qilishi kerak. Tashkilotning yangi saylangan bosh kotibi Antoniu Gutterish XXR tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashuvidan so‘nggi matbuot anjumanida shunday bayonot bergan.
BMTning bo‘lg‘usi yangi bosh kotibining qo‘shimcha qilishicha, tashkilotning tinchlikparvarlik faoliyatini isloh qilish juda muhim. "Biz tinchlikparvarlik faoliyatimizning yaxshi tayyorlangan, yaxshi jihozlangan holda insonlar ehtiyojlariga e'tibor qaratishini ta'minlashimiz kerak", — degan Gutterish.
U shuningdek, BMTning turli tuzilmalari o‘rtasidagi muvofiqlashtirish jarayonini takomillashtirish zarurligini ta'kidlagan.
Mavzuga oid
08:10 / 19.09.2024
BMT Bosh assambleyasi Isroilni Falastin hududini tark etishga chaqirdi
18:36 / 14.09.2024
O‘zbekiston Global kiberxavfsizlik indeksidagi o‘rnini yaxshiladi
09:37 / 09.09.2024
BMT: Ukrainada tinch aholi o‘limi keskin oshdi
15:03 / 05.09.2024