Jamiyat | 12:57 / 01.12.2016
42740
2 daqiqa o‘qiladi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Yo‘qolsin to‘siq!" nomli petitsiya paydo bo‘ldi

Foto: Kun.uz

Toshkent shahri haydovchilari O‘zbekiston hukumati rahbariyatidan poytaxt ko‘chalaridagi harakatlanish qatnashchilariga qulaylik yaratish maqsadida yangi petitsiyani e'lon qilishdi.  Facebook tarmog‘ining "Voditeli Tashkenta" ijtimoiy guruhi ushbu petitsiya matnini joylashtirdi

"Hurmatli, Shavkat Miromonovich, barcha o‘zbekistonliklar nomidan O‘zbekistondagi yo‘l harakati qatnashchilariga qulay sharoitlar barpo qilish, aniqrog‘i, yo‘llardagi, ayniqsa tartibga solinmaydigan chorrahalar hamda qayrilib olish joylarida  ikki tomonlama harakatlanish chog‘ida haydovchilar, yo‘lovchilar uchun yo‘l kengligi bo‘ylab ko‘rinishni yaxshilashda yordam berishingizni so‘rayman", — deyiladi petitsiyada. 

Gap qarama-qarshi transport vositalari oqimlarini ajratib turuvchi to‘siqlar haqida bormoqda. U o‘zining konstruksiyasi bilan qatnov qismini haydovchi va yo‘lovchi tomonidan to‘liq nazorat qilishga imkon bermaydi. Buning oqibatida, ko‘plab YTH yuz bermoqda. Bularning aksariyatiga haydovchilarning to‘siq narigi tomonidan kelayotgan yo‘lovchilarni so‘nggi lahzada ko‘rib qolishi yoki qayrilayotgan avtomobil qarshi yo‘nalishda kelayotgan transport vositasini oldinroq ilg‘ay olmayotgani sabab bo‘lmoqda. 

"Muhimi shuki, yo‘lni ko‘rish har joyda yaxshi bo‘lishi kerak, qatnovning ikki tomoni va har bir ishtirokchi uchun", — deb yozgan petitsiya muallifi Artyom Malikov. Uning o‘zi bu muammoni hal etish uchun yo‘l o‘rtasidagi to‘siqlarni to‘liq yoki qisman olib tashlashni taklif qilgan. 

Mavzuga oid