Maktab o‘quvchilari OIVga qarshi preparat o‘ylab topishdi
Avstraliyalik maktab o‘quvchilari OIV bilan kasallangan bemorlar uchun 750 dollarli tabletkani 2 dollarga ishlab chiqishdi. Ular buning qanday uddasidan chiqqanligi to‘g‘risida The Sydney Morning Herald mahalliy gazetasi xabar berdi.
Mazkur preparat Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan hayotiy muhim ahamiyatga ega dori vositalari ro‘yxatiga kiritildi. O‘tgan yili amerikalik ishbilarmon Martin Shkreli «Daraprim» preparatiga barcha huquqlarni sotib olgandi va uning narxini (1 tabletka uchun) 13,50 dollardan 750 dollargacha ko‘targan edi. «Daraprim» – parazitlar va malyariyaga qarshi dori vositasi. U immuniteti pasaygan, jumladan OIV yuqtirgan kishilarga tavsiya qilinadi.
Sidneydagi o‘rta maktabning katta sinf o‘quvchilari "Daraprim"ning faol moddasi bo‘lgan pirimetaminni sintezlashning uddasidan chiqishdi. Ular Sidney universiteti kimyogari Elis Uilyamson rahbarligi ostida ish olib borishdi. Sintez usulini qidirishga bir yil vaqt sarflandi - patentlangan preparat esa maktab labaratoriyasi uchun haddan tashqari xavfli deb topildi. Yangi preparatning narxi - bir tabletka uchun atigi 1-2 dollar.
Mavzuga oid
18:22 / 13.04.2024
Sidneyda erkak pichoq bilan odamlarga hujum qildi, qurbonlar bor
14:51 / 01.03.2024
O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari orasida tamaki va nos chekish holatlari ko‘paygani ma’lum qilindi
14:37 / 01.05.2023
“Kinoga taqlid qilib uyushtirilgan” – Toshkentda maktab o‘quvchilari mushtlashgani yuzasidan izoh berildi
16:34 / 10.01.2023