Sport | 08:32 / 01.12.2016
23189
2 daqiqa o‘qiladi

«Shapekoense» futbolchilari bo‘lgan samolyot uchuvchisining so‘nggi so‘zlari ma'lum bo‘ldi

Braziliyaning «Shapekoense» futbol jamoasi parvoz qilgan samolyot uchuvchisi  Mikel Kiroganing havo layneri halokatga uchrashidan avval aytgan so‘nggi so‘zlari aniqlandi. U laynerni boshqarishda yordam so‘ragan va elektron jihozlarning to‘liq ishdan chiqqani haqida gapirgan, deb yozadi Mirror nashri.

«GPS ishlamayapti, tushunmayapman, nima bo‘lyapti? Elektronika to‘liq ishdan chiqdi! Qo‘nish uchun koordinatlarni bering! Men radar bilan aloqani yo‘qotdim. Qo‘nish uchun koordinatlarni bering! Qo‘nish uchun koordinatlar! Biz qulayapmiz. Bizga qo‘nish yo‘lagi koordinatini bering! Biz ming fut balandlikdamiz!» — degan Kiroga qulashdan oldin.

Bundan tashqari, Futbolred nashrining yozishicha, samolyot ekipaji halokatdan oldin yoqilg‘i borasida ham muammoga duch kelganini bildirgan. 

«Qo‘nish uchun ustunlik so‘raymiz. Bizda yoqilg‘i bilan muammo», — degan uchuvchilardan biri. 

Kolumbiya transport vazirligi mamlakatda halokatga uchragan samolyot «qora quti»si topilganini ma'lum qilgan edi.  


Manba: tribuna.uz

Mavzuga oid