Jahon | 10:16 / 01.12.2016
6494
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya prezidenti yanvarda iste'foga chiqishi mumkin

Foto: AP

Koreya Respublikasi prezidenti Pak Kin Xe ma'muriyati parlamentni mamlakat rahbarini o‘z ixtiyori bilan iste'foga chiqishiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida partiyalararo muzokaralarni boshlashga chaqirdi. Bu haqda uning rasmiy vakili Chjun Yon Gun ma'lum qildi. "Umid qilamizki, Milliy yig‘ilish tez orada muhokama jarayonini boshlaydi", - ta'kidlab o‘tdi u.

Avvalroq, Pak Kin Xe xalqqa yo‘llagan televizion murojaatida o‘z lavozimini tegishli siyosiy sharoitlar yaratilgach, tark etishga tayyorligini ma'lum qilgandi. “Men parlamentga kelajagimni hal qilishni taklif qilmoqdaman. Jumladan, prezidentlik muddatim ham qisqartirilishi mumkin”, - degan siyosatchi. “Hukmron partiya va muxolifat hukumatni tartibsizliklar yuzaga kelmaydigan qilib berish bo‘yicha choralarga kelishib olgach, men iste'foga chiqaman”, - ta'kidlab o‘tdi Pak Kin Xe.

Shundan so‘ng, parlamentdagi uning tarafdorlari prezidentning taklifini jiddiy o‘rganib chiqish va hukumatni berish bo‘yicha tegishli rejani ishlab chiqish lozimligini ma'lum qilishdi. Amaldorning tezda iste'foga chiqishi esa muddatidan oldin prezidentlik saylovlarini yanvar oyida o‘tkazishga olib keladi. Ularning fikricha, Pak Kin Xe aprel oyida ketib, saylovlar iyun oyida o‘tkazilishi lozim. Muxolifat esa bunday harakatlarni “xalqni aldashga bo‘lgan urinish”, deya baholagan.

Ular prezident yanvar oyidayoq iste'foga chiqishini talab qilishmoqchi.

Mavzuga oid