Amerikalik o‘z hovlisida yirik timsohga duch keldi
AQShning Florida shtati Apopka shahri fuqarosi o‘z uyi yonidagi kichik ko‘lmakda yirik timsohga duch keldi. Bu haqda Daily Mirror nashri xabar bermoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, Luis Kamacho uyi hovlisiga pochta qutisidan maktub olish maqsadida chiqqan. Biroq, oyoqlari tagida nimadir harakatlanganini payqab qolib, baland ovozdagi vishillashni ham eshitgan.
Avvaliga u buni yer silkinishi deb o‘yladi, biroq keyinchalik yomg‘ir suvlariga mo‘ljallangan kanalizatsiya tarmog‘i yonida berkinayotgan sudralib yuruvchi jonivorni ko‘rib qolgan.
“Vishillash tovushi juda ham baland edi. Bor e'tiborim unga qaratildi, - deya aytib o‘tdi Kamacho. – Taxminimcha, alligator meni yaqinlashmaslik haqida ogohlantirdi”.
Mavzuga oid
17:55 / 30.09.2024
Grin karta mavsumi 2 oktyabrdan boshlanadi
16:48 / 30.09.2024
«Helen» to‘foni AQShning olti shtatini qamrab oldi - fotosuratlar
15:47 / 30.09.2024
“Yangi dunyo tartiboti odatda urushlardan keyin shakllanadi” - ekspertlar BMT islohoti haqida
12:10 / 30.09.2024