Sharm-ash-Shayx aeroportida biometrik nazorat tizimi ishga tushdi
Sharm-ash-Shayx aeroportiga biometrik nazorat tizimi o‘rnatildi. Hurgada aeroportida ham xuddi shunday texnikaning montaj ishlari olib borilmoqda. Bu haqida Misrning aeroportlar boshqaruv komapniyasi rahbari Muhammad Said Maxrus bergan xabarga asoslanib, "Al-Busra" gazetasi ma'lum qildi.
Shuningdek u tez orada Qohira aeroportiga ham zarur biometrik uskunalar yetkazilib, tizimni o‘rnatish ishlari yakunlanishini qo‘shimcha qildi.
Ma'lumki, RF yo‘lovchi samolyotining 2015 yil oktabri oxirida ro‘y bergan Sinaydagi aviahalokatidan keyin Rossiyadan Misrga amalga oshiriluvchi parvozlar to‘xtatib qo‘yilgandi. Tergov ishlari hanuz davom etmoqda. Asosiy versiya - bortdagi portlash.
RF ikki mamlakat o‘rtasidagi aviareyslarni qayta tiklash uchun Misr aeroportlarida xavfsizlikni ta'minlash zarur ekanligini ma'lum qilgan. Tomonlar aviaxavfsizlik bo‘yicha xalqaro kelishuvni imzolash haqida ma'lum qilishdi. Shuningdek aeroprot va aerovokzal perimetrlari bo‘yicha videokuzatuvlarni yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq masalalar ham ko‘rib chiqilmoqda.
Mavzuga oid
13:13 / 09.11.2024
Misr O‘zbekistonda charm mahsulotlari ishlab chiqarishga qiziqish bildirmoqda
18:36 / 08.11.2024
Finlandiya aeroportlari GPS tizimidagi uzilishlar tufayli 1960 yillardagi navigatsiyadan foydalanishga o‘tdi
13:38 / 08.11.2024
Misr Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk sohasiga investitsiya kiritmoqchi
10:53 / 07.11.2024