Fransiya chempionatida sensatsiya qayd etildi
Fransiya chempionatining 18-turida navbatdagi sensatsion natija qayd etildi.
O‘z uyida «PSJ»ni qabul qilgan «Gengam» amaldagi chempion ustidan g‘alaba qozondi. Sniya Salibur va Nill de Po tomonidan kiritilgan gollarga Edinson Kavani bir marotaba javob bera oldi xolos. Natijada parijliklarning chemionatdagi ketma-ket g‘alabasiz o‘yinlari soni 3taga yetdi.
Ushbu muvaffaqiyatsizlikdan keyin «PSJ» 36 ochko bilan 3-o‘rinda qolmoqda. Jamoa peshqadam «Nitstsa»dan bitta o‘yin ko‘p o‘tkazgan holda 4 ochko ortda qolmoqda. «Gengam» esa g‘alabadan keyin ochkolari sonini 29taga yetkazib oldi va 4-pog‘onagacha ko‘tarildi.
Fransiya 1-divizioni. 18-tur
Gengam – PSJ 2:1 (0:0)
Gollar: 1:0 – 66 Salibur, 2:0 – 70 de Po, 2:1 – 80 Kavani.
Gengam: Yunsson, Kerbra, Marsal, Ikoko, Sorbon, Diallo, Do, Koko, de Po (Dido, 79), Salibur, Brian.
PSJ: Areolya, Tiago Silva, Kurzava, Ore, Markinos, Matyuidi, Motta (Krixovyak, 46), Nkunku (Ogyusten, 72), Verratti, Di Mariya (Lukas Moura, 62), Kavani.
Mavzuga oid
12:28 / 19.09.2024
«Siti» gol urolmadi, «PSJ»ga kulgili gol yordam berdi. YeChLda kun o‘yinlari
23:48 / 10.05.2024
«7 yillik faoliyatimdan keyin menga yangi chaqiruv kerak». Mbappe «PSJ»ni tark etishini rasman e’lon qildi
16:27 / 15.03.2024
YeChL chorakfinal va yarimfinaliga qur’a tashlandi
19:44 / 04.02.2024