Jahon | 08:27 / 18.12.2016
8526
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning Murmansk osmonida meteorit portlashi qayd qilindi

Rossiyaning Murmansk viloyati osmonida atmosferaning zich qatlamlarida meteorit yonib ketgan, deb xabar bermoqda FlashNord nashri.

Avvalroq Xakasiya osmoni uzra kichik meteorit uchib, atmosferada yonib ketgani ma'lum qilingandi.

Nashrning ta'kidlashicha, osmondagi yorqin chaqnash avtomobil registratori videoyozuviga tushib qolgan, keyinroq bu yozuv internetga joylashtirilgan.

Ma'lum qilinishicha, ushbu holat Murmanskdan 30 km uzoqlikda joylashgan Tuloma aholi punktida qayd qilingan. 

Nashrning Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligi hududiy boshqarmasidagi manbaga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilishicha, vayronagarchiliklar va qurbonlar haqida ma'lumot kelib tushmagan.  

Mavzuga oid