Videobloger snoubordda antiqa usulda uchdi
YouTube-bloger Keysi Neystat odam vaznini ko‘tara oladigan dron yasadi va u yordamida snoubordda uchdi. Shundan keyin Neystat suratga olish ishlari olib borilgan tog‘-chang‘i majmuasi ustidan dronda bir necha marta uchib o‘tdi.
2016 yil yanvarda Neystat avtomobil yordamida chang‘ilarda qor bilan qoplangan Nyu-Yorkda uchgandan keyin yangiliklarda paydo bo‘lgandi. Shundan keyin unga CNN kanali e'tibor qaratib, kanalning onlayn-bo‘limini rivojlantirishga taklif qilgan. Neystat va CNN 2017 yil boshidan hamkorlik qila boshlaydi.
Biroq buning uchun CNN blogerning original kanali yopilishini shart qilib qo‘ygan. Avval Neystat bu kanalda veloyo‘lkalarning xavfsiz emasligining isbotlaridan boshlab Nike kompaniyasi hisobiga dunyo bo‘ylab sayohati haqidagi hisobot ko‘rinishidagi turli videolarni yuklagan.
Mavzuga oid
10:47
Rossiya 145 ta dron bilan Ukrainaning yirik shaharlariga hujum qildi
10:58 / 07.11.2024
Xitoyda 158 km magistral yo‘l dronlar yordamida qurildi
17:36 / 04.11.2024
Britaniyalik olimlar “asab tizimi”ga ega dronlarni sinovdan o‘tkazmoqda
12:50 / 18.10.2024