Turk hukumati Rossiya elchisi qotilining iPhone'nini blokdan yechishga kirishdi
Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlovning o‘limidan so‘ng turk huquq-tartibot organlari qotilning smartfonini blokdan yechishda yordam so‘rab, Apple kompaniyasiga murojaat qilishdi. MacReports shu haqida xabar berdi.
Jinoyatchining shaxsiy buyumlari orasidan iPhone 4S qurilmasi topilgan. Manbaga ko‘ra, Turkiya hukumati Apple'ga devaysni blokdan yechishni so‘rab murojaat qilgan.
Biroz avval Turkiyaga axborot xavfsizligi sohasidagi rossiyalik mutaxassislar yo‘l olganligi to‘g‘risida xabar tarqalgandi, biroq bu ma'lumot o‘z tasdig‘ini topmadi.
Rossiyadagi Apple idorasi bu borada hech qanday izoh bermagach, manba kompaniyaning Kupertinodagi shtab-kvartirasiga bu borada so‘rov yo‘llangan.
Shuni ta'kidlash joizki, Apple davlat idoralariga rad javobini bergan. Joriy yilning yozida San-Bernardinodagi otishmadan keyin Amerika hukumati "olma" korporatsiyasidan jinoyatchilardan birining iPhone'ini buzib kirishni talab qilgan edi. O‘shanda Apple o‘z qarorini kompaniya mutaxassislari tomonidan aniqlangan har qanday kamchilik begona qo‘llarga o‘tishi mumkinligi bilan izohlangandi. Natijada FQB boshqa mutaxassislardan yordam so‘rashiga to‘g‘ri kelgan.
Hozirga kelib, Anqara prokuraturasi xodimlari jinoyatchining smartfonidagi ma'lumotlarni o‘rganib, uning tanishlari orasida ByLock dasturidan foydalangan kishilar borligini aniqlashdi. Ma'lum bo‘lishicha, Gulen tashkilotining a'zolari aynan shu dastur orqali shifrlangan xabarlar bilan almashishgan.
Bundan avval Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an qotilni Gulenning odami ekanini aytgandi, muxolifatning o‘zi esa Karlovning o‘limiga aloqadorlikka doir ayblovni inkor etgan.
19 dekabr kuni Anqara shahrida bo‘lib o‘tayotgan ko‘rgazma vaqtida Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlovga qarata o‘q uzilgan.
Mavzuga oid
12:58 / 13.11.2024
Mobil qurilmalar erasi: eng ko‘p sotilgan telefonlar
21:56 / 08.11.2024
iPhoneʼning yangi funksiyasi politsiyachilarning zarariga ishlamoqda - OAV
16:30 / 29.10.2024
Indoneziyada iPhone 16 sotuvi taqiqlandi
22:39 / 28.10.2024