Bolalarga Qur'onni o‘rgatayotgan xristian musulmonlar muhabbatini qozondi
Misrlik 80 yoshli xristian arab dunyosining mehr-muhabbati va e'tiborini qozongan. Uni mintaqaning har bir fuqarosi yaxshi taniydi. Gap shundaki, Oyat Shokir Xanna o‘zi xristian diniga e'tiqod qiladi. Shunga qaramay u mahalliy musulmon bolalarga Qur'onni o‘rgatadi. Shokir Xanna o‘z uyida kichkina sinf xonasi tashkil qilgan va unda bolalarga o‘qish va yozishdan saboq beradi.
"Musulmonlar va xristianlar orasida hech qanday farq yo‘q. Xristianlar Iso alayhisalomga, musulmonlar Muhammad sallollohu alayhi vasallamga ergashadi. Bizning qishloqda musulmonlar va xristianlar birga istiqomat qiladi va bir-birini yaxshi ko‘rib, qadrlashadi”, - deydi qariya.
Xannaning so‘zlariga ko‘ra, Qur'onni o‘rgangan odam qalban Allohga yaqinlashadi. U muqaddas kalomni maktab davridayoq o‘rganishni boshlagan.
Manba: Muxlis.uz
Mavzuga oid
13:38 / 08.11.2024
Misr Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk sohasiga investitsiya kiritmoqchi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
12:32 / 06.11.2024
Misr Navoiydagi mis konida burg‘ilash ishlarini boshladi
10:00 / 31.10.2024