Jahon | 21:42 / 31.12.2016
13496
2 daqiqa o‘qiladi

Merkel 2016 yilning eng og‘ir sinovi nima bo‘lganini aytdi

Foto: Reuters

Germaniya kansleri Angela Merkel o‘zining millatga yangi yil murojaatida terrorchilikni 2016 yilning eng og‘ir sinovi bo‘lganini aytdi. Bu haqda Deutsche Welle xabar bermoqda

"O‘tayotgan yildagi voqealar bizni barcha jihatlardan sinadi. Terrorchilik, shubhasiz, eng og‘ir sinov bo‘ldi. Mamlakat butun yil davomida hujumlardan titroqqa keldi: Vyurtsburg, Ansbax va yaqindagina Berlin", deb aytdi Merkel.

Uning aytishicha, Germaniya mamlakatga "boshpana qidirgani kelgan, so‘ngra yordam va qo‘llab-quvvatlov olib", biroq yakunda Germaniyada hujum amalga oshirganlardan "achchiq qasos va jirkanchlik bilan munosabatda bo‘lishni" his qildi.  

"Biz terrorchilarga qarshi kurashimizda qat'iy bo‘lishimiz kerak. Biz birdam bo‘lganimizda, kuchlimiz. Biz o‘z fuqarolarimiz uchun ozodlik sharoitlarida xavfsizlikni kafolatlash uchun terrorchilikka qarshi turishimiz kerak", deb qo‘shimcha qildi kansler.

Bundan tashqari, Merkel nemis hukumatining keyingi yilda "qo‘shimcha huquqiy va siyosiy choralar kiritishga tayyorligini" ma'lum qildi.  

 

Mavzuga oid