Jahon | 22:26 / 04.01.2017
5617
1 daqiqa o‘qiladi

Nyu-Yorkda elektropoyezd falokatga uchrashi oqibatida 103 kishi jabrlandi

Foto: AP

Nyu-Yorkning Bruklin tumanidagi "Atlantik terminal" vokzalida yo‘lovchi elektropoyezdi falokatga uchradi. Shahar yong‘inga qarshi qo‘riqlash xizmatida ma'lum qilinishicha, falokat oqibatda 103 kishi jabrlangan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, jabrlangan yo‘lovchilar olgan jarohatlar xavfli emas. Jarohatlanganlarga Bruklinning ikki shifoxonasida yordam ko‘rsatilgan. 

Long-Aylenddan kelayotgan elektrichka relslardan chiqib ketib, vokzalga kelganda keskin to‘xtash amalga oshirgan. Falokat temir yo‘lning Long Island Rail Road qismida yuz bergan. Bu yo‘l bo‘yicha muntazam qatnov amalga oshiriladi. Undan o‘rtacha kuniga 301 ming yo‘lovchi foydalanadi va bu Shimoliy Amerika temir yo‘l tizimida eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. 

Mavzuga oid