Jahon | 18:49 / 06.01.2017
4555
3 daqiqa o‘qiladi

2016 yilda dunyo bo‘ylab deyarli 7,5 ming muhojir halok bo‘ldi

Foto: Reuters

2016 yilda taxminan 7,5 ming muhojir halok bo‘ldi yoki bedarak yo‘qoldi. Bu haqda muhojirlik bo‘yicha Xalqaro tashkilot xabar berdi.

“Ma'lumotlarga ko‘ra, beshta qit'ada 7495 kishi halok bo‘ldi yoki bedarak yo‘qoldi”, - deyiladi xabarda. Bu 2014 va 2015 yillarga qaraganda ancha ko‘proqdir. O‘shanda qurbon bo‘lganlar soni tegishli ravishda 5267 va 5740 kishini tashkil qilgan. O‘tgan 12 oy davomida O‘rta yer dengizidan Yevropaga bo‘lgan muhojirlik yo‘nalishi eng xavfli bo‘ldi – u 5079 nafar insonning hayotiga zomin bo‘lgan. Shimoliy Afrikada 1124 muhojir, Meksikadan AQShga yo‘l olgan - 432, Markaziy Amerikada - 174, Janubi-Sharqiy Osiyoda – 153 muhojir halok bo‘ldi yoki bedarak yo‘qoldi.

Dunyoda uch yil davomida 18,5 ming muhojir halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan. “Bu raqamlar dahshatli, - deya ma'lum qildi MXT bosh direktori Uilyam Leysi Sving. – Bu holat 1096 kunda yuz berdi – ya'ni, har kuni 20 ta o‘lim qayd etilgan”.

“Biz barcha qurbonlarni hisobga ola bildik, deb o‘ylamayman. Hisob-kitoblarda orqada qolmoqdamiz. Biz muhojirlikni barcha uchun qonuniy va xavfsiz qilish uchun harakat qilishimiz kerak”, - ta'kidlab o‘tdi u.

Tashkilotda aniq belgilab olingan, xususan, Janubiy Amerikadan Shimoliyga, shuningdek, Shimoliy Afrikadan Yevropaga bo‘lgan muhojirlik yo‘nalishlari - “mamlakatlar kelayotganlar sonini kamaytirishga urinishayotganiga qaramay bor kuchi bilan ishlamoqda”, deb hisoblashdi. Muhojirlar bugungi kunda ko‘proq ijtimoiy tarmoqlardan olingan ma'lumotlarga asoslanib, o‘z yo‘llarini mobil aloqa vositalari orqali belgilab boradilar. Ular o‘z qarindoshlari va do‘stlari bilan aloqada bo‘lib, yo‘lda boshqa muhojirlar bilan sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat haqida birinchi bo‘lib xabar berishadi.
 

Mavzuga oid