Jahon | 20:48 / 07.01.2017
6923
2 daqiqa o‘qiladi

Bag‘dod Anqara bilan Iroq shimolidan turk harbiylarining olib chiqilishi bo‘yicha kelishib oldi

Anqara o‘z qo‘shinlarini Iroqning shimolidagi Bashik harbiy bazasidan olib chiqib ketish bo‘yicha Bag‘dod bilan kelishib oldi. Bu haqda 7 yanvarda Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Kelishuvga al-Obodiyning turkiyalik hamkasbi Binali Yildirim bilan uchrashuvida erishildi. Kelishuv tafsilotlari oshkor qilinmagan.

Turkiya Iroq daxlsizligini hurmat qilishga va'da bergan. Bundan tashqari, davlatlar bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslikka kelishib olganlar.

Turk harbiylarning Bashikda va Mo‘sul shahri yaqinida joylashgani 2015 yil dekabrida ma'lum bo‘lgan.

Turkiyaning o‘shandagi bosh vaziri Ahmet Dovudo‘g‘lu Iroqda turk harbiylarining joylashuvi Iroqning hududiy yaxlitligini buzmasligini aytgan. Uning aytishicha, Anqara askarlarini ekstremistlar bilan kurashish uchun jo‘natgan. 

Bag‘dod esa bo‘layotgan voqealarni Iroqning ichki ishlariga aralashuv deb atagandi.

 

Mavzuga oid