Jamiyat | 16:07 / 10.01.2017
15135
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikaliklar qizini zo‘rlagan shaxsni o‘ldirgan otani qamoqdan ozod qilishni so‘ramoqda

Ijtimoiy tarmoqda Alabama shtatidan bo‘lgan, qizini zo‘rlagan shaxsni o‘ldirgan 43 yoshli Jyey Meynorni qamoqdan ozod qilish so‘ralgan petitsiya paydo bo‘ldi.

"Jyey Meynor o‘z qizini zo‘rlagan shaxsni o‘ldirgani uchun 40 yilga qamalgan. Lekin u jamiyat uchun xavfli shaxs emas. U yaxshi odam. Biz uning ozodlikka chiqishini istaymiz", — deyilgan AQSh prezidenti Barak Obamaga va Alabama gubernatoriga yo‘llangan murojaatda. Ayni vaqtgacha bu petitsiya uchun 10 mingdan ortiq kishi imzo qoldirgan.

Sud Meynorga o‘tgan yilning noyabrida hukm chiqardi. U 2014 yilda qizi Juliyani zo‘rlagani uchun 59 yoshli Reymond Erl Bruksni o‘ldirganini tan olgan.

2002 yilda Bruks 8 yoshli Juliya Meynorni zo‘rlagani uchun 5 yilga qamalgandi. 27 oydan so‘ng u amnistiya qilingan va uyiga qaytgach, o‘ldirilgandi.

"Dadam  meni himoya qilgan, har bir ota shunday qilishi mumkin. U — ajoyib ota va u bizni juda sevadi", — degan Juliya Meynor mahalliy nashrlarga bergan intervyusida.

Mavzuga oid