O‘zbekiston | 18:01 / 15.01.2017
158950
2 daqiqa o‘qiladi

Islom Karimov haykali qayerga o‘rnatilishi ma'lum bo‘ldi

O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov xotirasini abadiylashtirish uchun Samarqand shahrining mashhur "Registon" maydoni yaqinida haykal o‘rnatilishi ma'lum bo‘ldi. 

Dekabr oyi boshida Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykalini yaratish uchun xalqaro ijodiy tanlov tashkillashtirish haqidagi farmonni imzoladi. 

O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi tomonidan mazkur tanlovni o‘tkazishga doir taqdim etilgan Nizomga ko‘ra, poytaxt Toshkent shahrida, shu bilan birga Birinchi Prezidentimiz tug‘ilib o‘sgan Samarqand shahrida Islom Karimov haykali qad ko‘taradi. Taqdim etilgan chizmaga ko‘ra, haykal "Registon" maydoni yaqinida o‘rnatiladi. 

Toshkentda o‘rnatiladigan haykalning aynan qayerda qad rostlashi hozircha noma'lum. 

Bundan avval Moskva shahrining markaziy ko‘chalaridan birida, O‘zbekiston elchixonasi yaqinida Birinchi Prezidentimiz xotirasiga haykal qad rostlashi haqida xabar berilgan edi. 

Mavzuga oid