O‘zbekiston | 17:10 / 03.02.2017
28227
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Sergelida yer usti metrosi qurilishini borib ko‘rdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

Prezident tashabbusi bilan transport sohasi, jumladan, metropolitenni yanada rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Mamlakat transport tizimida muhim o‘ringa ega Toshkent metropoliteni aholiga yanada keng qulayliklar yaratish, yo‘lovchilarni tashish xavfsizligini ta'minlash va ularga xizmat ko‘rsatish madaniyatini yuksaltirish borasida samarali ishlarni amalga oshirmoqda. Chilonzor, O‘zbekiston va Yunusobod liniyalaridan iborat Toshkent metropoliteni bugun poytaxt ahli va mehmonlariga samarali transport xizmati ko‘rsatib kelmoqda.

Metropolitenning Sergeli yo‘nalishi avvalgilaridan farqli tarzda yer ustidan o‘tadi. Qurilish ishlari 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan mazkur yo‘nalishning uzunligi 7,1 kilometrni tashkil etadi. U to‘liq ishga tushishi bilan bir yilda 14 milliondan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish mo‘ljallangan. 

Davlat rahbari qurilish ishlari bilan tanishar ekan, bu loyiha O‘zbekiston tarixida yagonaligini alohida ta'kidladi. Aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida bekatlar ustining yopiq bo‘lishi, poyezdlar qatnovida uzilishlar bo‘lmasligi kerakligini qayd etib o‘tdi. 

Bu inshoot shaharning «Choshtepa» mahallasi oralig‘idan o‘tadi. «Sergeli» yo‘nalishi metroning «Olmazor»€ bekatidan ulanadi, shuningdek, yana 6ta bekat qurilishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid