Hameneiy: Tramp AQShning asl yuzini ko‘rsatdi
Donald Tramp saylovoldi kampaniyasi davomida va Oq uyga kelgandan keyin AQShning asl yuzini ko‘rsatdi, deb aytdi Eron oliy yetakchisi oyatulloh Ali Hameneiy mamlakat harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni bilan uchrashuvda.
"Biz Trampga AQShning asl yuzini ko‘rsatgani uchun minnatdorchilik bildirishimiz kerak. U shu bilan ishni osonlashtirdi. Biz 30 yil avval gapirgan gaplar, ya'ni AQSh hukmron tizimining siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy va ijtimoiy tubanlashganini Tramp saylov oldidan va undan keyin ochiqchasiga namoyish qildi", deb aytdi Hameneiy.
Hameneiy AQShga 7 ta musulmon davlat, jumladan Eron fuqarolariga kirish taqiqlanganini eslatib o‘tdi.
"Vashingtondagi Dallas aeroportida oilasi bilan AQShga qo‘yilmagan 5 yoshli bolaning qo‘liga kishan solindi. Bu hodisa AQShdagi inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat aslida qandayligiga yaqqol misoldir", deb ta'kidlab o‘tdi Eron oliy rahnamosi.
Mavzuga oid
22:37 / 28.09.2024
AQShda «Xelen» to‘foni oqibatida 50 dan ortiq inson halok bo‘ldi
20:12 / 28.09.2024
Eron oliy rahnamosi «Hizbulloh» rahbari o‘ldirilganidan keyin xavfsiz joyga ko‘chirildi
18:53 / 28.09.2024
AQSh Davlat kotibi Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashdi
13:13 / 28.09.2024