Antibiotiklarning chaqaloqlarga qanday salbiy ta'siri borligi aniqlandi
Amerikaning Tsintsinnati Bolalar tibbiyot markazi tadqiqotchilari va ularning Filadelfiyadagi Bolalar shifoxonasida faoliyat yurituvchi hamkasblari antibiotiklarning yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda pnevmoniyaning rivojlanish xavfini oshirishini aniqlashdi. Science Translation Medicine jurnali shu haqida xabar berdi.
Sichqonlarda o‘tkazilgan tajriba shuni ko‘rsatdiki, endigina dunyoga kelgan kemiruvchilarning immunitetini rivojlantirish uchun ichakning muayyan hujayralari va normal mikroflora tarkibiga kiruvchi bakteriyalarning o‘zaro "hamjihatligi" muhim. Bu "hamjihatlik" natijasida o‘pkaning shilliq qavatiga chaqaloqlarni bakterial pnevmoniyadan himoyalovchi hujayralar kirib boradi.
Tadqiqot davomida aniqlanishicha, antibiotiklar bakteriyalarning ichakka o‘tishiga to‘sqinlik qiladi, buning natijasida esa ular muayyan hujayralar bilan reaksiyaga kirishmaydi. Tabiiyki, nafas olish tizimiga ziyon yetkazadigan patogen bakteriyalardan himoya shakllanmaydi.
Xulosalar shuni ko‘rsatmoqdaki, antibiotiklar yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning o‘pka yallig‘lanishiga olib keluvchi mikroorganizmlardan kelib chiquvchi o‘lim xavfini oshiradi.
Mavzuga oid
08:20 / 13.09.2024
Qishloq xo‘jaligiga bir oyda 77 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi
07:55 / 25.06.2024
Chiqindi xizmati uchun to‘lovni hisoblashdagi xatolik uchun fuqarolarga ma’naviy zarar qoplab beriladi
07:17 / 07.06.2024
Yil boshidan buyon jinoyatlar tufayli davlatga yetkazilgan zarar miqdori aytildi
09:01 / 23.03.2024