Video: IShID Palmira shahri yodgorliklarini qanday yo‘q qilgani namoyish etildi
Rossiya mudofaa vazirligi IShID terrorchilik guruhi Suriyaning qadimiy shaharlaridan biri Palmira shahridagi qadimgi yodgorliklarni yo‘q qilganini isbotlovchi videoni namoyish qildi. Vazirlik ma'lumotiga ko‘ra, jangarilar arxeologik yodgorliklarni imkon qadar ko‘proq yo‘qotish niyatida.
RF mudofaa vazirligi taqdim etgan lavhada 2016 yil 6 iyuni va 2017 yil 5 fevralidagi holat taqqoslangan.
«Rossiya uchuvchisiz parvoz qurilmasi Palmira shahri va atrofi monitoringini olib borish chog‘ida IShID terrorchilari tomonidan Rim amfiteatri fasadi va tetrapilonining buzilganini aniqladi. U shaharning asosiy qadimgi diqqatga sazovor joylari hisoblanar edi», — deya izoh bergan Mudofaa vazirligi.
Ma'muriyatda qayd etishlaricha, terrorchilar eramizdan avvalgi 270 yillarda barpo qilingan qadimgi Rim teatrining markaziy qismi hisoblangan protseniumni hamda tetrapilon ustunlarini portlatishgan.
«Buni shuni ko‘rsatadiki, IShID jangarilari shaharni tark etishidan avval, qadimgi arxitektura yodgorliklarini imkon qadar ko‘proq vayron qilishni rejalashtirmoqda», — deya ishonch bildirgan Mudofaa vazirligi.
Jangarilar amfiteatrni 2017 yil yanvarida vayron qilgan.
Palmira shahar faollarining uqdirishlaricha, 2017 yil boshida IShID qadimgi amfiteatr hududida 12 kishini qatl qilgan.
Mavzuga oid
09:15 / 12.11.2024
AQSh Suriyada eronparast guruhlar obektlariga zarba berdi
12:00 / 21.10.2024
GFRda IShID tarafdori Isroil elchixonasiga hujum uyushtirishni rejalashtirgan
15:50 / 17.10.2024
RF HKK Suriyaning Idlibidagi 27 ta nishonga zarba berdi
15:11 / 05.10.2024