Bolakay Tatariston prezidenti oldida o‘zini uxlaganga solib oldi
«Afisha Qozon» Instagram-sahifasida Rossiya davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin va Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov yonidan o‘tib ketishayotgan paytda o‘zini uxlaganga solib olgan bolaning fotosurati taqdim etildi.
Foydalanuvchilarning aksariyati tasvirlarga qoldirgan izohlarida bolaning sog‘lig‘i uchun tashvishda ekanliklarini bildirishgan hamda prezidentni qo‘riqlash xizmati qanday qilib uni delegatsiyaga shu qadar yaqin masofaga kelishiga yo‘l qo‘yganidan hayronliklarini bildirgan.
«Inkazan» yangiliklar xizmatining YouTube-kanalida bola prezident hamda boshqa siyosatchilarning yonida qorda yotgani tasvirlangan video taqdim etildi.
Ma'lumot uchun, Rossiya davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin 13 fevral kuni Tatariston poytaxtiga ishchi tashrifi bilan keldi.
Mavzuga oid
21:22 / 01.10.2024
Alisher Usmonov Germaniya sudida yana bir bor yutib chiqdi
20:32 / 01.10.2024
Rossiyalik ikki sportchi O‘zbekiston milliy jamoasiga o‘tadi
20:24 / 01.10.2024
Moskvada migrantlarga soxta hujjat tayyorlagan jinoiy guruh qo‘lga olindi
14:50 / 01.10.2024