Jahon | 12:29 / 16.02.2017
11951
1 daqiqa o‘qiladi
BMT: qariyb 20 million yamanlik och-nahor kun kechirmoqda
Yamandagi ijtimoiy hayot va vaziyat kundan-kunga murakkablashib bormoqda. Oxirgi 7 oy davomida oziq-ovqat taqchilligi bilan duch kelgan yamanliklar soni 3 million nafarga ko‘paygan va ayni damda 17 million inson to‘yib ovqatlanmaydi.
Mamlakatdagi harbiy harakatlar ro‘y berayotgan hududlarga gumanitar yordam yuklarini yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar vakillarining harakatlanishi ham ancha qiyinlashgan.
“Biz o‘tib borish murakkab bo‘lgan hududlarga yo‘l olish uchun muxolifat vakillari bilan faol muzokaralar o‘tkazishga harakat qilmoqdamiz. Ammo vaziyat ancha xavfli tus olmoqda”, - dedi BMT boshqaruvi matbuot kotibi Uilyam Spindler.
Mavzuga oid
17:39 / 07.11.2024
BMT Markaziy Osiyoda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar soni kamayganini qayd etdi
17:00 / 05.11.2024
O‘tgan yuz yilda sunami 260 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi - BMT
14:10 / 05.11.2024
BMT: RF va KXDR o‘rtasidagi hamkorlik «xavfli eskalatsiya»ga olib keladi
13:50 / 05.11.2024