Fan-texnika | 21:41 / 21.02.2017
4146
2 daqiqa o‘qiladi

Verizon kompaniyasi Yahoo!’ni sotib olishga tayyorligini bildirdi

AQShning eng yirik uyali aloqa operatori Verizon Communications kompaniyasi 21 fevralda Yahoo! internet-biznesini 4,48 mlrd dollarga sotib olishga roziligini bildirdi. Bu qiymat taklif qilingan dastlabki narxdan 350 mln dollarga qamroqni tashkil qiladi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Kompaniyada bitim 2-chorakda yopilishi kutilmoqda. Bitim oqibatida Yahoo!’ning qidiruv servisi, elektron pochta va messenjeri hamda reklama instrumentlari Verizon AOL bo‘limi bilan birlashadi.

2016 yil dekabrda Verizon kompaniyasi Yahoo! xavfsizlik xizmati buzib kirilgani va bu kamida 500 mln foydalanuvchi haqidagi ma'lumotlarning o‘g‘irlanishiga olib kelgani aniqlangandan keyin, internet kompaniya narxini pasaytirish yoki umuman bitimdan voz kechishni o‘ylayotgani ma'lum bo‘lgandi.

Verizon kompaniyasi Yahoo!’ni shartnoma shartlarini  ularda kiberhujumlardan iqtisodiy ziyon ko‘rsatilgan holda o‘zgartirishga ko‘ndirishga harakat qilgan. Kelishuvning yangi shartlariga ko‘ra, Yahoo! va Verizon hukumat tergovlari va uchinchi tomon bilan sud taftishlari bo‘yicha to‘lovlar bo‘yicha majburiyatlarni bo‘lishadilar.  Yahoo! aksiyadorlarning da'volari yuzasidan to‘lovlar bo‘yicha javobgarlikka ega bo‘lishni davom ettiradi.    

Mavzuga oid