Jamiyat | 16:50 / 24.02.2017
7586
1 daqiqa o‘qiladi

Dinozavrlar davrida yashagan ulkan pingvin suyaklari topildi

Germaniyaning Zenkenberg instituti mutaxassislari Yangi Zelandiyada qadimiy ulkan pingvinning suyaklarini topishdi. Ularning fikricha, bu jonivor va uning ajdodi Yerda dinozavrlar davrida yashagan. Bu haqida VistaNews saytida xabar berildi. 

Yangi Zelandiyadagi orollardan birida pingvinga o‘xshash ulkan jonivorning qoldiqlari topilgan. Uning bo‘yi taxminan 1,5 metrni tashkil qilgan. Suyak qoldiqlari orasida uchmaydigan qushning panja qismlari topilgan. 

Tadqiqotchilar topilmani batafsil o‘rganib, uning yoshini aniqlashdi. Ma'lum bo‘lishicha, u taxminan 61 million yil avval, ya'ni dinozavrlar davrida yashagan. Bu topilma qushlar va uchmaydigan jonivorlar evolyutsiyasini qayta ko‘rib chiqish imkonini berdi. 

Mavzuga oid