Jahon | 08:47 / 07.03.2017
3798
1 daqiqa o‘qiladi

BMT Xavfsizlik kengashining Shimoliy Koreya bo‘yicha uchrashuvi sanasi ma'lum qilindi

BMT Xavfsizlik kengashi 8 mart kuni Shimoliy Koreyaning raketa parvozlari muhokama qilinadigan yopiq uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda AQShning BMTdagi doimiy vakolatxonasida ma'lum qilingan. 

Uchrashuv soat 10.00 ga (Toshkent vaqti bilan 20.00ga) belgilangan. Uning o‘tkazilishi tashabbusini AQSh, Yaponiya va Janubiy Koreya bildirgan.

Avvalroq AQSh va Yaponiya yetakchilari Donald Tramp va Sindzo Abe Shimoliy Koreyaning 6 mart  kuni o‘tkazgan raketa parvozlarini muhokama qilishgandi.   

Mavzuga oid