O‘g‘irlangan kelin sudda harbiy xizmatchini mag‘lub qildi
Chimkentdagi harbiy xizmatchi kelin o‘g‘irlab, chimildiqdan keyin uni haqorat qila boshladi. Bu haqida Harbiy sud matbuot xizmati xabariga asoslanib, Tengrinews.kz ma'lum qildi.
Jinoiy ish materiallariga ko‘ra, Chimkent garnizonida shartnoma asosida xizmat qiluvchi harbiy 2016 yilning iyulida o‘ziga yoqib qolgan qizni qarshiligiga qaramay uyiga olib keladi va uni kelin bo‘lishga ko‘ndiradi. Biroq chimildiqdan so‘ng "kuyov bola" opasi bilan birga jabrlanuvchini haqorat qilib, uning qadr-qimmatini yerga ura boshlaydi. Shundan keyin "kelin" shifokor-ginekolog huzuriga boradi.
"Tibbiyot xodimi xulosasiga ko‘ra, qizning isnod qilinganligi o‘z tasdig‘ini topmagan. Shunga qaramay, harbiy xizmatchi va uning opasi jabrlanuvchini qo‘pol ravishda haqorat qilib, yerga urishni bas qilishmagan. Ular sud majlisi davomida o‘z ayblarini tan olishmagan, jabrlanuvchi bilan yarashishdan esa bosh tortishgan", - deyiladi xabarda.
Harbiy sud hukmiga ko‘ra, "kuyov" va uning opasi aybdor deb topilgan. QR Jinoyat kodeksining 131-moddasiga muvofiq ularning har biriga jarima solingan. Ma'lumotlarga ko‘ra, ayblanuvchilar sud hukmidan norozi bo‘lib, appelyatsiyaga berishgan, biroq ularning shikoyati qoniqtirilmagan. Hukm qonuniy kuchga kirgan.
Mavzuga oid
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
10:16 / 12.11.2024
Farg‘onada tanishini o‘ldirib, uyiga o‘t qo‘ygan ayolga hukm o‘qildi
08:48 / 09.11.2024
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organi qarzni sudda undirishda oldindan davlat bojini to‘lashdan ozod qilindi
19:12 / 31.10.2024