Jahon | 15:40 / 10.03.2017
4876
3 daqiqa o‘qiladi

ShHT va BMT giyohvandlikka qarshi birgalikda kurashishga kirishdi

2017 yilning 13-mart kuni Venada BMTning giyohvandlik moddalari bo‘yicha Komissiyasi (GMK)ning 60-yig‘ilishi o‘z ishini boshlaydi. Yubiley yig‘ilish ishtirokchilari - BMT, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarga a'zo mamlakatlar delegatsiyalari, ekspertlik hamjamiyati vakillari. Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ning bosh kotibi Rashid Alimov Pekinda TASS muxbiriga bergan intervyusida ShHT va BMTning gihvandlikka qarshi hamkorligi borasidagi fikrlari bilan bo‘lishdi. 

Unga ko‘ra, mazkur yig‘ilishning birinchi kunida "BMT va ShHT giyohvandlikka qarshi kurashda: umumiy tahdidlar, hamkorlikdagi harakatlar" nomli yuqori darajali maxsus tadbir, shuningdek  hujjatli film taqdimoti bo‘lib o‘tadi. 

"Aksilgiyohvandlik trekida xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, birinchi navbatda BMT bilan hamkorlik qilish ShHT uchun ustuvor ahamiyatga ega. Giyohvandlikka qarshi kurashda biz bir-birimizni to‘ldirib turamiz. Tashkilotga a'zo davlatlar rahbarlari bu masalaga katta e'tibor qaratishmoqda", - deydi Rashid Alimov. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday yuqori darajali tadbir birinchi marta o‘tkazilmoqda va u delegatsiya faoliyatining eng muhim punktlaridan biri hisoblanadi. 

Mazkur tadbirda BMT bosh kotibi o‘rinbosari, BMTning giyohvandlik bilan kurashuvchi boshqarmasining ijrochi direktori Yuriy Fedotov, ShHTga a'zo mamlakatlar delegatsiyasi rahbarlari ishtirok etadi. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, tadbir ikki qismdan iborat bo‘ladi - rasmiy ochilish va davra suhbati.

"ShHT va BMT o‘rtasidagi amaliy hamkorlik global va mintaqaviy tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli va teng huquqli hamkorlik yuritishning ajoyib namunasidir. Giyohvandlikning dunyoga tahdidi chegara bilmaydi. Butun dunyo hamjamiyati unga qarshi birgalikda kurashishi lozim", - deya ta'kidladi R.Alimov. 

13-15 martda BMTning Venadagi bo‘limi markaziy xollida Komissiya 60-yig‘ilishining delegatsiya va mehmonlari uchun Shanxay hamkorlik tashkilotining Axborot stendi namoyish etiladi. Ziyoratchilar ShHTga a'zo mamlakatlarning narkotrafikka qarshi kurashda o‘zaro hamkorligi va harakatlariga doir asosiy ma'lumotlar bilan tanishish imkoniga ega bo‘lishadi.

"Dasturning alohida punkti - ShHTga a'zo mamlakatlarning BMT Bosh Assambleyasi Maxsus sessiyasiga narkotrafik muammosi bo‘yicha Bayonot tarqatish. Biz uni GMK ishtirokchilariga Jahon Tashkilotining olti rasmiy tilida taqdim etishni rejalashtiryapmiz", - dedi ShHT bosh kotibi R.Alimov. 

Mavzuga oid