Rossiya hukumatida Usmonovni Donbassga yordam berishga chaqirishdi
Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Dmitriy Kozak sanoat guruhlariga «DXR» va «LXR»dagi korxonalarga temir rudasi yetkazib berishni taklif qilgan. Bu haqda Rossiya metallurgiya bozoridagi manbaga asoslangan holda RBK xabar bergan.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, bunday taklif berilgan sanoatchilar qatorida «Metalloinvest» rahbari Alisher Usmonov hamda «Severstal» OAJ direktorlar kengashi raisi Aleksey Mordashov ham bor.
Manbalar ma'lumotiga ko‘ra, «kompaniyalar yaqin vaqtlar ichida respublikalardagi korxonalarga rudalarni yetkazib berish ishlarini boshlashga tayyor ekanliklari» haqida ma'lum qilishgan.
Concorde Capital investkompaniyasi tahlilchisi Aleksandr Parashchiyning bildirishicha, Donetskdagi Yenakiyevsko va Makeyevsko zavodlariga har yili 2,6 mln tonna ruda kerak bo‘ladi, Luganskdagi Alchevsko metkombinatiga esa — 1,6 mln t.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, «Severstal» o‘tgan yilda 14,9 mln tonna temir rudasi xomashyosi ishlab chiqargan, «Metalloinvest» esa 40,7 mln tonna.
Mavzuga oid
19:39 / 08.11.2024
Ukrainada rossiyalik yana bir general halok bo‘ldi
21:23 / 31.10.2024
Frontdagi vaziyat: Rossiya va Ukraina Kuraxovo uchun kuzning hal qiluvchi jangini boshladi
17:00 / 17.09.2024
Frontdagi vaziyat: Ukrainaning Donetsk yaqinidagi guruhiga qurshov tahdid solmoqda
15:25 / 13.09.2024