Jahon | 20:57 / 18.03.2017
20591
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp: Germaniya NATO va AQSh oldida qarzdor

AQSh prezidenti Donald Tramp Germaniya o‘z xavfsizligining ta'minlanishi uchun AQSh va NATOga katta miqdorda qarzdor ekanligini aytdi. Tramp bu haqda Germaniya kansleri Angela Merkel bilan uchrashuvining ertasiga tvitterda yozgan.

Trampning aytishicha, "soxta yangiliklar" xabarlariga qaramasdan, Merkel bilan uchrashuv ajoyib o‘tgan. 

"Shunday bo‘lsada, Germaniya unga kuchli va qimmat turuvchi mudofaani ta'minlayotgan AQSh va NATO oldida katta miqdorda qarz", deb yozgan Tramp.

Merkel Tramp bilan uchrashuv natijalari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot-anjumanda Germaniya NATOga to‘laydigan badali miqdorini oshirishi kerakligini aytgan. 

Avvalroq CNN telekanali Tramp Oval xonasida jurnalist va fotosuratchilar iltimosiga qaramasdan, Merkel bilan qo‘l siqishishni istamaganini ma'lum qilgandi. Keyinroq Tramp bunga javoban Merkel bilan qo‘l siqishgani suratini chop etgan.  

Mavzuga oid