Jahon | 16:24 / 20.03.2017
10180
2 daqiqa o‘qiladi

Pokiston bosh vaziri Afg‘oniston chegarasini zudlik bilan ochishga buyruq berdi

Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif Afg‘oniston bilan chegaradagi nazorat-o‘tkazish punkti faoliyatini qayta tiklash va chegarani zudlik bilan ochish haqida buyruq berdi. Bu haqda bosh vazir ofisidagi manbaga asoslanib xabar tarqatilgan.

Pokiston 17 fevral kuni Afg‘oniston bilan chegarani yopgandi. Bunga mamlakatda oy davomida sodir etilgan teraktlar sabab bo‘lgandi. Xususan, Sind provinsiyasining Sexvan shahridagi so‘fiylar masjidida terakt sodir etilib, 74 kishining o‘limiga va 300 kishining jarohatlangandi. Hukumat maxsus kuchlari 1 oy davomida aksilterror kampaniya o‘tkazdi.

Pokiston hukumati ushbu teraktlar Afg‘oniston hududidagi jangarilar tomonidan tayyorlanganini ma'lum qilgandi. Chegaralarni yopish orqali Afg‘oniston hududidan keladigan xavfni bartaraf etishga umid qilingandi.

Pokiston 7 mart kuni Afg‘oniston bilan chegaralaridagi ikkita asosiy o‘tkazuv punktlarining (Torxam va Chaman) faoliyatini qisman tiklagandi. Chegara punktlaridan faqatgina piyoda sayohat qilayotganlarga ruxsat berilgan, avtomobilda o‘tish mumkin emasdi.

Mavzuga oid