Sport | 09:33 / 20.03.2017
9721
1 daqiqa o‘qiladi
Venger kelajagi bo‘yicha qanday qarorga kelgani ma'lum qilindi
«Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger keyingi mavsumda ham jamoada ishlashda davom etadi.
Sunday Express nashri ma'lumotiga ko‘ra, Vengerga rahbariyat 2 yillik shartnoma taklif qilgan, ammo u faqat bir yillik shartnoma tuzishga rozi bo‘lgan. Uning amaldagi shartnomasi muddati 2016/2017 yilgi mavsum so‘ngiga qadar edi.
Venger o‘tgan haftada kelajagi bo‘yicha bir qarorga kelib bo‘lgani va bu haqida tez orada e'lon qilinishi haqida gapirgandi.
Ushbu 67 yoshli mutaxassis «Arsenal»da 1996 yildan buyon ishlab kelmoqda. Ammo oxirgi oylarda jamoa o‘yinida keskin pasayish kuzatildi va jamoa muxlislari uning ketishini talab qila boshlashdi.
Mavzuga oid
15:52 / 10.11.2024
«Arsenal»da ham inqiroz. Buning sabablari nimada?
12:28 / 07.11.2024
«Villa» o‘yinida ahmoqona penalti, «Barsa» istagancha gol urmoqda. Kun o‘yinlari
12:33 / 03.11.2024
APLda sensatsiyalar kuni, Husanovda ilk qizil. Kun o‘yinlari
14:31 / 02.11.2024