Fotoreportaj: Toshkentda Navro‘z sayillari
Toshkent shahar hokimining qaroriga ko‘ra, Navro‘z bayrami munosabati bilan shaharning 20dan ziyod maydon va istirohat bog‘larida sayillar tashkil etildi.
20 mart kuni erta tongdanoq mazkur hududlarda xalq sayillari boshlandi. Maydonlar, sayilgohlar, istirohat bog‘larida milliy va bahor taomlari savdosi yo‘lga qo‘yildi.
Har bir hududdagi maxsus tayyorlangan sahnalarda dorbozlar, qiziqchilar, badiiy havaskorlik jamoalari, folklor-etnografik ansambllar, sirk artistlari, baxshilar, shoirlar, professional ijrochilar va iste'dodli estrada artistlarining chiqishlari hamda ommaviy sport o‘yinlari (polvonlar musobaqasi, arqon tortish va hokazo) tashkil etildi.
Quyida ushbu hududlardan biri, Shayxontohur tumanida joylashgan «Lokomotiv – Anhor» madaniyat va istirohat bog‘i yonidagi maydondan tayyorlangan fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin.
Mavzuga oid
14:04 / 22.09.2024
Toshkentda katta tezlikda harakatlangan haydovchi 19 yoshli qizning hayotiga zomin bo‘ldi
07:30 / 21.09.2024
Toshkentda mashinasini sotishni aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
14:28 / 20.09.2024
Sergelida BYD urib yuborgan o‘quvchi qiz vafot etdi
12:20 / 20.09.2024