O‘zbekiston | 13:24 / 23.03.2017
16473
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istondan O‘zbekistonga Rossiya nefti olib o‘tilishi mumkin

Qozog‘istonning «KazMunayGaz» milliy neftgaz kompaniyasi Rossiya neftini O‘zbekistonga tranziti imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor. Bu haqda Qozog‘iston energetika vaziri Kanat Bozumabayev xabar berdi.

«KazMunayGaz»da o‘zbek tomoni bilan imzolangan hujjatlar ko‘proq bo‘ladi. KMG Rossiya neftini O‘zbekistonga tranziti uchun imkoniyatlarni ko‘rib chiqishga tayyor», - dedi Bozumbayev payshanba kuni jurnalistlarga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tegishli hujjat O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga rasmiy tashrifi doirasida imzolanishi rejalashtirilgan.

Vazirning aniqlik kiritishicha, buni neft tashish estakadasi yordamida amalga oshirish rejalashtirilgan.

«Hozirda O‘zbekistonga o‘tkazilgan quvur ishlamayapti, u to‘xtatib qo‘yilgan, shuning uchun O‘zbekistonga neftni faqatgina Chimkentdagi neft tashish estakadasi orqali olib borish mumkin. U yerda tashish quvvati taxminan ikki million», - deya aniqlik kiritdi Bozumbayev.

Shuningdek Qog‘oziston energetika vaziri o‘zbek tomoni ko‘proq hajm bo‘yicha murojaat qilsa, neft quvurini tiklash masalasi ham ko‘rib chiqilishi mumkinligini istisno qilmadi.

«Agarda o‘zbek tomoni ko‘proq xohlasa, neft quvurini tiklash kerak, biroq bunda kafolatlangan hajmlar kerak bo‘ladi», - deya ta'kidlab o‘tdi u.

Mavzuga oid