Jamiyat | 18:56 / 24.03.2017
19738
4 daqiqa o‘qiladi

Andijonda piyodani urib qochgan avtomashinani hushyor fuqaro tanib qoldi...

2017 yil 21 mart kuni soat 20:05da Marhamat tuman tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi ShTYoB navbatchi shifokori tuman IIBga telefon orqali xabar berib, Qorabog‘ish qishlog‘ida yashovchi Abdulahad Idrisov shifoxonaga yo‘l transport hodisasidan so‘ng olib kelinganini ma'lum qildi.

Aniqlanishicha, Marhamat shahrining Mustaqillik ko‘chasida harakatlanayotgan noma'lum avtomashina haydovchisi piyoda A. Idrisovni urib yuborib, voqea joyidan qochib yashiringan. Jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan. Voqea guvohi bo‘lgan Marhamat tumanida yashovchi Azizbek Umarovning hushyorligi qochoq “Damas” rusumli avtomashina haydovchisini topishga yordam berdi. Avtomashina raqami va rangini eslab qolgan Azizbekning ko‘rsatmalariga asosan tezkor qidiruv ishlari amalga oshirilib, haydovchi Buloqboshi IIB xodimlari tomonidan ushlandi. Haydovchi piyodani urib yuborgach, avtomashinani Andijon shahridagi tanishlarining uyiga yashirib qo‘ygan. 

Marhamat tuman hokimligida,  tuman hokimi X. Sultonov hamda tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i M. Nishanovlar o‘z hushyorligini namoyon qilib, qidiruvga yordam bergan fuqaro Azizbek Umarovni munosib rag‘batlantirdilar.

18 mart kuni  Bo‘z tumani IIB tomonidan Xovos qishlog‘idagi sartaroshxonani tunagan ikki shaxs – N.O va N.Shlar tezkor qidiruv natijasida qo‘lga olindi. Ular sartaroshxona derazasini sindirib, jami 3 500 ming so‘mlik buyumlarni o‘g‘irlab chiqib ketishgan. Mazkur shaxslar endilikda o‘z harakatlari uchun qonun oldida javob berishadi.

Shuningdek, Oltinko‘l tuman IIB tomonidan olib borilgan profilaktik tadbirlar davomida qidiruvda bo‘lgan fuqaro Yu.N ushlandi. Yu.N Rossiya Federatsiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Farg‘ona viloyati aeroportiga kelgan vaqtda aniqlangan. Yu.N voyaga yetmagan 2 nafar farzandini moddiy ta'minlashdan qasddan bo‘yin tovlab kelayotgan edi.

2017 yil 21 mart kuni soat 20:30da Asaka tumani Qadim qishlog‘ida yashovchi fuqaro Qo‘shaqboy Xasanov telefon orqali tuman IIBga o‘z yashash uyida noma'lum shaxs hech kim yo‘qligidan foydalanib, o‘ziga tegishli bo‘lgan 1 dona "SAMSUNG"  rusumli noutbukini va  1 dona "SAMSUNG"  rusumli planshetini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilgan.

Asaka tumani IIB tomonidan tashkil etilgan tezkor-tergov tadbir tungi xizmatga jalb etilgan IIB xodimlari tomonidan ushbu o‘g‘irlikni shu mahallada yashovchi F.A. sodir etganligi aniqlandi. Undan ashyoviy dalil tariqasida umumiy narxi 3.000.000 so‘mlik 1 dona "SAMSUNG"  rusumli noutbuk va  1 dona "SAMSUNG"  rusumli planshet daliliy ashyo tariqasida olingan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid