"To‘xtaboy" jome masjidi imom-xatibi odamlar bilan ma'rifiy suhbat o‘tkazdi
Bugun dunyoning ayrim davlatlarida turli xunrezliklar, terrorchilik harakatlari bo‘lib turibdi. Boshqa bir mamlakatda esa urush avjida. Bu nafaqat musulmonlar, balki ishonch va e'tiqodidan qat'i nazar butun insoniyat uchun alamli bo‘lgan holatlarga barham berishning eng samarali yo‘li odamlarning dunyoqarashini kengaytirish, islom dinining tinchlik va omonlik dini ekanini targ‘ib etishdir.
Shu maqsadda, 2017 yilning 22 mart kuni "To‘xtaboy" jome masjidi imom-xatibi Ishoqjon Begmatov Olmazor tumani "Guzarboshi" mahallasi aholisi bilan "Ekstremistik va terrorchi oqimlarning soxta da'volari" mavzusida suhbat o‘tkazdi. Imom-xatib jahonda, xususan, musulmon o‘lkalarida sodir bo‘layotgan xunrezliklarning muqaddas dinimizga daxli yo‘qligini Qur'oni Karim oyatlari va hadisi shariflar bilan yoritib berdi. Shuningdek, Ishoqjon Begmatov tinchlikni avaylab-asrash, doimo xushyor yashash kerakligi, musulmonlar namunali xulqi, odob-axloqi bilan o‘zgalarga o‘rnak bo‘lishi lozimligi, doimo ilmga intilib yashashi darkorligini ta'kidladi.
Suhbat yakunida ishtirokchilarga "Dunyo ulamolari murojaati", "IShID fitnasi", "Internetdagi tahdidlardan himoya" kitoblari taqdim etildi.
Mavzuga oid
14:04 / 22.09.2024
Toshkentda katta tezlikda harakatlangan haydovchi 19 yoshli qizning hayotiga zomin bo‘ldi
07:30 / 21.09.2024
Toshkentda mashinasini sotishni aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
14:28 / 20.09.2024
Sergelida BYD urib yuborgan o‘quvchi qiz vafot etdi
12:20 / 20.09.2024