Xitoyda sun'iy intellekt orqali boshqariluvchi oziq-ovqat do‘koni ochildi
Shu kunlarda Xitoyning Wheelys startapi Shanxayda kompyuter va dasturiy ta'minot orqali boshqariluvchi oziq-ovqat bo‘limini ochdi. Digital Trends saytining xabar berishicha, Wheelys'da tayyor nonushtalar, tushliklar va kechki ovqatlarni sotib olish mumkin. Assortimentda turli gazaklar va oziq-ovqat to‘plamlari namoyish etilgan.
Xaridorlar smartfonlaridagi maxsus ilova yordamida do‘kon rastalarini mustaqil skanerlash, shundan keyin tanlov va xaridni amalga oshirish imkoni beriladi. Do‘konda namoyish qilingan mahsulot taxminan yarim soat ichida ikki kishilik taomni tayyorlash imkonini yaratadi.
Smartfon dasturlari charchamaydi, lampalar, rastalar va taomlar ham shunday, shuning uchun do‘kon kunu tun ishlaydi. Savdo zali maydoni katta emas - jami 50 kvadrat metr, biroq Wheelys vakillari ijobiy yo‘nalish olishgan. Shu bois xaridorlarga yangi ish loyihasi ma'qul kelgan taqdirda tez orada yangi do‘konlar ochiladi. O‘tgan yili kompaniya Shvetsiyada ham xuddi shunday do‘konini sinovdan o‘tkazgan.
Mavzuga oid
12:44 / 28.09.2024
Har 100 ta so‘z uchun yarim litr suv. Sun’iy intellekt chatbotlari jiddiy ekologik muammolarni yuzaga keltiradimi?
21:48 / 24.09.2024
BMT bosh kotibi sun’iy intellekt dunyoni bo‘lib yuborishi xavfidan ogohlantirdi
22:42 / 13.09.2024
OpenAI fikrlashga qodir birinchi o1 modelini chiqardi
21:28 / 04.09.2024