Fan-texnika | 22:35 / 28.03.2017
4307
1 daqiqa o‘qiladi
Apple Disney’ni sotib olishi mumkin
Analitiklarning fikricha, Amerikaning Apple korporatsiyasi Disney studiyasini sotib olishi mumkin. Bu haqda Wall Street Journal ma'lumotiga asoslanib, Business Insider xabar bermoqda.
Analitiklarning prognoziga ko‘ra, Apple korporatsiyasi ushbu kinostudiyani sotib olish uchun 200 milliard dollar miqdoridagi erkin summani mazkur ishga yo‘naltirishlari ehtimoli mavjud.
RBC kompaniyasi analitigi Stiven Kexolning fikricha, bu investitsiya juda omadli bo‘lishi mumkin. Chunki Disney tomonidan so‘nggi bor ishlangan “Muz yurak” filmi kompaniya tarixi davomida ishlangan multkartinalar orasida eng kassabopi bo‘lgan.