Light | 18:02 / 29.03.2017
22722
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng yaxshi ziravorlar bozori qayerda ekani ma'lum 

Sayohatga ixtisoslashgan Lonely Planet nashriyoti dunyodagi eng yaxshi 10ta ziravorlar bozori ro‘yxatini taqdim etdi.

Ro‘yxatning birinchi o‘rnidan Marrakeshdagi (Marokash) Rahba Kedima maydonida joylashgan bozor qayd etildi. Bu yerda go‘shtli va baliqli taomlarni tayyorlashda ishlatiladigan barcha ziravorlarni topish mumkin.

Ro‘yxatga shuningdek Xanoy (Vetnam poytaxti)dagi Longben tumanida joylashgan bozor ham kiritildi. Nashriyot muharrirlari u yerga erta tongdan borishni (tongi soat 4da) maslahat bermoqda, sababi bu paytda yangi yalpiz, limonli jo‘xori, dolchin, kashnich va zanjabilning ulgurji savdosi o‘tkaziladi.

Sayyohlarga shuningdek Erondagi Tehron bozoriga borish ham maslahat berildi, u dunyodagi usti yopiq eng katta bozor hisoblanadi. Tashrif buyuruvchilar bu yerdan juda ham ko‘p turdagi ziravorlarni o‘zlari istagan miqdorda sotib olishlari mumkin. Ayniqsa boshqa davlatlarga qaraganda Eronda arzonroq turadigan za'faronni qulay narxda xarid qilish imkoni bor.

Ro‘yxatdan Oaxaka (Meksika), Dehli (Hindiston), Zanzibar (Tanzaniya), Dubay, Istanbul, Qudus va Mombas (Keniya) shaharlaridagi bozorlar ham joy oldi.

Mavzuga oid